Farez Medicus

FAREZ MEDICUS yurtimizning ekologik toza tog'li hududlarida unib chiqqan dorivor o’simliklar hamda sof va organik xom-ashyolardan foydalangan holda biologik faol va standartlashtirilgan ozuqaviy qo’shimchalar ishlab chiqaradi.
FAREZ MEDICUS farmatsevtika va oziq-ovqat sanoatida yuqori sifatli hamda ilmiy asoslangan, biologik faol oziqaviy qo’shimchalarni tadqiq etish, ishlab chiqarish va savdo qilish bilan faoliyat yuritadi.
FAREZ MEDICUS ishlab chiqarish tizimiga innovatsion texnologiyalar va mukammal boshqaruv yechimlarini joriy etgan bo’lib, bu ishlab chiqarishni jadal o'sishiga va korxonaning umumiy rivojlantirishga ta'sir etuvchi muhim jarayon hisoblanadi.
01
Biz Kim?
Biz Haqimizda

FAREZ MEDICUS raqobatchi kompaniyalardan farqli o’laroq yuqori sifatli ingrediyentlardan foydalangan holda turli loyihalarni amalga oshiruvchi amaliy uslubga ega kompaniya sifatida ajralib turadi. Kompaniya o’z faolitaini boshlagandan buyon biz mijozlarimiz talablariga muvofiq ularning ehtiyojlarini qondirish va mahsulotlarda innovatsiyion yondoshuv imkoniyatlarini oshirishni maqsadida o’z jamoamizni kengaytirmoqdamiz.

FAREZ MEDICUS o’z mahsulotlarini farmatsevtika bozoriga tadbiq etar ekan, avvalo iste’molchilarni ISO 9001 va 22000 standartlarining qat’iy me’yorlari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni harid qilishda o’zlarini havfsiz his qilishlarini ta’minlaydi. 

FAREZ MEDICUS sermahsul faoliyat yurituvchi noyob jamoani tanlay ola bilish qobiliyati bilan ajralib turadi.

Maqsadimiz – xodimlarimiz ishda va kundalik hayotda o’zlarini baxtli va sog’lom his qilishligini ta’minlash.

Bog’lanish formasi

Bizga bugunoq xabar yuboring!